Germaniya “Tolibon” bilan noqonuniy muhojirlarni Afg‘onistonga muntazam deportasiya qilish bo‘yicha bevosita muzokaralar olib bormoqda, deb yozmoqda Deutsche Welle.
Germaniya Ichki ishlar vazirligi bunday muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi. Nashrning yozishicha, Ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt deportasiya reyslari Afg‘onistonga “muntazam ravishda va tez-tez” amalga oshirilishini istamoqda.
Rejaga ko‘ra, deportasiya jarayoni faqat charter reyslari bilan emas, balki oddiy aviareyslar orqali ham amalga oshiriladi.
2021 yil avgustida Afg‘onistonda “Tolibon” harakati hokimiyat tepasiga kelganidan beri Germaniya ushbu mamlakatga ikki marta deportasiya o‘tkazgan. 2024 yil avgustida jinoyatda aybdor deb topilgan 28 nafar shaxs Kobulga deportasiya qilingan. 2025 yil iyulida esa 81 nafar erkakni Afg‘onistonga yuborilgan. Germaniya federal hukumati ma’lumotiga ko‘ra, ular orasida qotillik, jinsiy zo‘ravonlik va narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etganlar bor.