Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniya prezidenti mudofaa va infratuzilma sohasidagi investisiyalar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Germaniya prezidenti mudofaa va infratuzilma sohasidagi investisiyalar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Germaniya prezidenti mudofaa va infratuzilma sohasidagi investisiyalar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Mazkur hujjat Germaniya Konstitusiyasiga o‘zgartishlar kiritish orqali “qarz tormozi” mexanizmining ta’sirini yumshatishga qaratilgan.

Qonunga muvofiq, Bundesver, fuqarolik mudofaasi, axborot texnologiyalari tizimlarini himoya qilish va razvedka xizmatlari xarajatlari kredit mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Shuningdek, tajovuzga uchragan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Yangi tartib Germaniya Yalpi ichki mahsulotining bir foizidan ortiq xarajatlarga, ya’ni taxminan 43 milliard yevro miqdoridagi mablag‘larga taalluqli bo‘lib, kelgusi 12 yil davomida infratuzilma loyihalari uchun umumiy hisobda 500 milliard yevro jalb qilish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 19:01 22.03.2025. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!