Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Kiyevga tashrif buyurdi. Bu haqda NTV xabar berdi.
Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, u Ukrainaga keyingi yordamni muhokama qilishni va "frontdagi vaziyat haqida tasavvurga ega bo‘lishni" istaydi.
Bundan oldin, Pistorius Varshavada Polsha, Fransiya va Italiya Mudofaa vazirlari bilan Ukraina masalasini muhokama qilgan edi.