Germaniya hukumati Litvada joylashtirilishi rejalashtirilgan brigadani to‘liq shakllantirish uchun taxminan 2 ming nafar ko‘ngilli harbiyni jalb qila olmayapti.
Bu haqda Bild nashri Germaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur brigada 2027 yil oxiriga qadar to‘liq joylashtirilishi rejalashtirilgan.
"Litva brigadasi — sovuq urush davridan beri Bundesverning eng muhim loyihasi. Ayni paytda brigadani ko‘ngillilar hisobiga 60 foizga to‘ldirish mumkin. Shu tariqa, yana taxminan 2 ming nafar harbiy yetishmayapti", — deyiladi xabarda.