Litvadagi besh ming nemis askaridan iborat tank brigadasi 2027 yil oxirigacha to‘liq jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lishi kutilmoqda, deb yozadi agentlik.
"Bizning aniq vazifamiz bor. Bu yerda, NATO’ning sharqiy qanotida biz Litvaning himoyasi, erkinligi va xavfsizligini ta’minlashimiz kerak", – dedi Bunesverning Litvadagi 45-tank brigadasi qo‘mondoni general Kristof Xuber. Uning ta’kidlashicha, bo‘linmaning joylashtirilishi NATO hududini ham, Germaniyaning o‘zini ham himoya qilishni ta’minlaydi.
Bu Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta nemis harbiylarining xorijda doimiy joylashuvidir, deb yozmoqda Politico nashri.