Bu choralar Rossiya va Xitoyga qarshi turish uchun amalga oshirilmoqda, deb yozmoqda OAV.
Nemis matbuotining xabar berishicha, Berlin o‘zining birinchi milliy koinot strategiyasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2030 yilga borib, Germaniya AQSh va Xitoydan keyin koinot mudofaasi xarajatlari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqadi.
Reja radioelektron tizimlarni va sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqish, shuningdek, razvedka samaradorligini oshirish va sun’iy yo‘ldoshlarning barqarorligini kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.