Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Germaniya klinikalariga 800 nafar o‘rta tibbiyot xodimi ishga taklif etilmoqda

Germaniya klinikalariga 800 nafar o‘rta tibbiyot xodimi ishga taklif etilmoqda

O‘zbekistonlik 800 nafar o‘rta tibbiyot xodimi Globogate dasturi doirasida Germaniya klinikalariga ishga taklif etilmoqda.

Dasturga ko‘ra, ishtirokchilar 10 oy davomida bepul nemis tili kurslarida tahsil oladi va shundan so‘ng Germaniya klinikalariga ishga yo‘naltiriladi.

Ma’lum qilinishicha, ish vaqti haftasiga o‘rtacha 39 soatni tashkil etadi. Dastlabki oylik maosh 1900 yevro bo‘lib, diplom rasman tan olingandan keyin (taxminan 3 oydan so‘ng) 2500 yevro atrofida maosh olish imkoni yaratiladi.

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 3 yillik tibbiyot kolleji diplomiga ega, 20–36 yosh oralig‘ida, sog‘lom va sudlanmagan bo‘lishi lozim. Shuningdek, ular 10 oylik o‘quv kurslarida qatnashishga tayyor bo‘lishi va ikki bosqichli tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tishi talab etiladi.

Dastur doirasida ishtirokchilarga stipendiya, turar joy, til sertifikati xarajatlari, hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash, viza, aviachipta hamda Germaniyada ishga joylashish xizmatlari bepul taqdim etiladi.

Ushbu loyiha tibbiyot xodimlari uchun xorijda ishlash, tajriba orttirish va daromadini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!