Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Germaniya kansleri Ukrainaga "Leopard 2" tanklarini yetkazib berishini e’lon qildi

Germaniya kansleri Ukrainaga "Leopard 2" tanklarini yetkazib berishini e’lon qildi

Germaniya kansleri Olaf Shols Berlinning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va bu mamlakatga Leopard 2 tanklarini yuborish qarorini e’lon qildi. Bu haqda chorshanba kuni hukumat vakili Shteffen Xebeshtreyt ma’lum qildi.

"Ushbu qaror Ukrainani qo‘ldan kelgancha qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taniqli yo‘nalishimizga mos keladi. Biz xalqaro maydonda yaqin hamkorlikda harakat qilamiz” - dedi Shols.

Hisobotda qayd etilishicha, bu qaror Germaniyaning eng yaqin Yevropa va Halqaro hamkorlari bilan olib borilgan intensiv maslahatlashuvlar natijasi bo‘lgan.

"Ukraina uchun tezda ikkita Leopard 2 tank batalyonini tashkil etish maqsadi qo‘yilgan. Birinchi bosqichda Germaniya uning tarkibiga Bundesver zaxiralaridan 14 ta Leopard 2 A6 tanklari kiradi. Qolgan yevropalik hamkorlar ham o‘z qismi uchun Leopard 2 tanklarini o‘tkazadi. Yaqin vaqt ichida Ukraina tank ekipajlarini tayyorlash Germaniyada boshlanadi”, — deyiladi Xebeshtrayt bayonotida.

Ukraina uchun qo‘llab-quvvatlash paketi logistika, o‘q-dorilar va tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatishni ham nazarda tutadi.

Kiritildi: 20:15 25.01.2023. O'qildi: 3681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!