Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Germaniya kansleri Shveysariyadagi tinchlik sammitiga katta umid bog‘lamaslikka chaqirdi

 Germaniya kansleri Shveysariyadagi tinchlik sammitiga katta umid bog‘lamaslikka chaqirdi



Olaf Shols bu haqda Stern jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bo‘yicha global tinchlik sammiti eng yaxshi holatda Ukraina va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga olib kelishi mumkin bo‘lgan jarayonning boshlanishini bildiradi.

"Tahminan 80-100 ta davlat vakillari ishtirok etadigan Shveysariya sammitida biz atom elektr stansiyalarining xavfsizligi, don eksporti, Rossiya va Ukraina o‘rtasida mahbuslar almashinuvi, shuningdek, yadroviy quroldan foydalanishni taqiqlash haqida muzokaralar olib boriladi", — deya qayd etdi Shols.

Shu bilan birga, Germaniya kansleri Kiyevga qurol yetkazib berish bo‘yicha uning chaqirig‘iga Yevropa davlatlari yetarlicha amal qilmayotganidan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.

"Ukraina zudlik bilan qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlariga muhtoj. Putin Ukraina infratuzilmasini yo‘q qilish niyatida, shuning uchun biz Kiyevga ko‘proq yordam berishimiz kerak", — deya qo‘shimcha qildi Shols.

Kiritildi: 21:40 14.05.2024. O'qildi: 1363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!