Germaniya kansleri Olaf Shols O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 15-16 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
«Samarqandda bo‘lish dasturiga muvofiq oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi, unda O‘zbekiston-Germaniya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi», — deyiladi xabarda.
Mirziyoyev matbuot xizmati xabariga ko‘ra, savdo-iqtisodiy, texnologik va sarmoyaviy-moliyaviy sheriklik munosabatlarini kengaytirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, mehnat migrasiyasi, ekologiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda faol hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi.