AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiya atrofidagi faoliyati, Yevropaning ba’zi terma jamoalarining 2026 yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bunday qadamni qo‘llab-quvvatlovchi ovozlar allaqachon Germaniyada boshlab yuborilgan. Germaniyaning "Sankt-Pauli" klubi prezidenti Oke Gotliks o‘tgan asrning 80-yillariga qiyoslab, Jahon chempionatini baykot qilishga chaqirdi. O‘sha vaqtda G‘arb mamlakatlari sportchilari 1980 yilda Moskvadagi Olimpiadada ishtirok etmagan. Keyin esa 1984 yilda Los-Anjelesdagi Amerika o‘yinlarini ham boykot qilgan edi.
Qiziq tomoni, Jahon hamjamiyati 2018 yilda Rossiyada, 2022 yilda Qatarda va endi AQShdagi mundialni ham boykot qilishga harakat qilmoqda.