Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Germaniya Izroilga qurol yetkazib berish embargosini bekor qildi

Germaniya Izroilga qurol yetkazib berish embargosini bekor qildi

Germaniya hukumati 8 avgustda joriy etilgan Izroilga qurol-yarog‘ yetkazib berish taqiqini bekor qilishga qaror qildi. Qaror 24 noyabrdan amalga kirishi haqida dpa agentligi hukumat vakili Shtefan Korneliusga tayanib xabar berdi.

Uning ta’kidlashicha, ayrim turdagi qurollar bo‘yicha cheklovlar hozirgi sharoitda o‘z dolzarbligini yo‘qotgan. Bu qarorga asosiy sabablardan biri sifatida 10 oktyabrdan amal qilayotgan Isroil va falastinlik HAMAS harakati o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi qayd etilgan.

🚫 Avvalroq G‘azo sektorida Isroil harakatlari genosid sifatida baholanib, Germaniya jamoatchiligida qattiq norozilikka sabab bo‘lgan edi. Keskin tanqidlar fonida hukumat Izrailga qurol yetkazib berishni to‘xtatgan edi.

Kiritildi: Bugun 10:22. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!