Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniya IIV rahbari qochqinlarni qabul qilishning yuqori chegarasi belgilanishiga qarshi chiqdi

Germaniya IIV rahbari qochqinlarni qabul qilishning yuqori chegarasi belgilanishiga qarshi chiqdi

Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fezer qochqinlarni qabul qilishning yuqori chegarasi belgilanishiga qarshi chiqdi.

Bu haqda vazir "ARD" telekanalida tegishli bayonot berdi.

“Yuqori chegaralarga amal qilishning iloji yo‘q, chunki bizda Yevropa va xalqaro huquq bor”, — dedi u.

“Biz shaxsiy boshpana olish huquqini o‘zimiz cheklay olmaymiz. Biz Qochqinlar maqomi to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasi, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasiga sodiqmiz va shu munosabat bilan biz o‘zimizni ushbu muammolarni hal qilishga bag‘ishlashimiz kerak”, deya ta’kidladi IIV rahbari.

Shu bilan birga, u munisipalitetlar o‘z imkoniyatlari chegarasiga yetganini, shuning uchun muammoni hal qilish yo‘llarini izlash zarurligini tan oldi.

“Haqiqatan ham yordam beradigan yagona narsa bu Yevropa yechimi”, deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 07:39 25.09.2023. O'qildi: 1525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!