Germaniya Ichki ishlar vazirligi maktab o‘quvchilarini urush yoki boshqa inqirozli vaziyatlarga tayyorlash tarafdori bo‘ldi.
Bu haqda Handelsblatt xabar berdi.
"So‘nggi paytlarda xavfsizlik siyosati sohasidagi vaziyatning rivojlanishi munosabati bilan fuqaro mudofaasiga, shu jumladan maktab ta’limiga ko‘proq e’tibor qaratish kerak," - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, aholini muhofaza qilish va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish federal boshqarmasi "yoshlar va o‘qituvchilar uchun materiallar bilan" yordam berishga tayyorligini bildirgan. Bundan tashqari, kurslar hokimiyat tomonidan moliyalashtiriladi.