Bugun 20 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniya hukumatida Falastinga ajratiladigan 30 million yevro tufayli nizo kelib chiqdi

Germaniya hukumatida Falastinga ajratiladigan 30 million yevro tufayli nizo kelib chiqdi

Berlinda Yaqin Sharq siyosati bo‘yicha yangi ziddiyat yuzaga keldi. BILD nashri ma’lum qilishicha, Germaniyaning iqtisodiy rivojlanish vaziri Rim Alabali-Radovan G‘arbiy sohilga qilgan tashrifidan so‘ng, Mahmud Abbos boshchilik qilayotgan Falastin avtonomiyasiga 30 million yevro ajratishni taklif qildi.

BILD manbalariga ko‘ra, u bu tashabbus uchun kansler Fridrix Mers va moliya vaziri Lars Klingbaylning roziligini olgan.

Alabali-Radovanning fikriga ko‘ra, Isroil hozirgi paytda palestinliklar uchun yig‘ilgan soliq tushumlarini ularga o‘tkazmayapti va bu Falastin avtonomiyasi tuzilmalari moliyaviy tanazzul yoqasiga kelib qolishiga olib keldi. Shu bois Germaniya bu holatga aralashib, moliyaviy bo‘shliqni yopishi kerak, deb hisoblaydi u.

Biroq bu reja XSS (Xristian-ijtimoiy ittifoq) tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. Byudjet muhokamalari vaqtida XSS vakili Inge Gresle bu tashabbusni to‘sib qo‘ydi va mablag‘lar aniq qayerga sarflanishi hamda ular qanday nazorat qilinishi noaniq ekanini ta’kidladi. XSS deputatlar guruhi rahbari Aleksandr Hoffman esa shunday dedi:
"Gumanitar yordam muhim, lekin bu mablag‘lar Isroil xavfsizligiga tahdid soluvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi to‘liq istisno qilinishi shart."

Shunga qaramasdan, hukumat bu g‘oyadan butunlay voz kechmoqchi emas — muzokaralar davom etmoqda. Shu bilan birga, Ispaniya allaqachon Falastin avtonomiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus jamg‘arma tuzgan. Ayni vaqtda esa kansler Mers Madridda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 17:35 19.09.2025. O'qildi: 709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!