Germaniya hukumati Ukrainaga harbiy yordam uchun yana 12 milliard yevro ajratishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib yozmoqda.
Qayd etilishicha, 12 milliard yevro miqdoridagi qo‘shimcha yordamni hisobga olgan holda, Berlin Ukrainaga 14,2 milliard yevro miqdorida harbiy yordam bermoqchi.
Manbalarga ko‘ra, 29 mart kuni Bundestag byudjet qo‘mitasi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning 2023 yilda Ukrainaga beriladigan yordam miqdorini ikki baravar ko‘proq, ya’ni 5,4 milliard yevroga yetkazish rejalarini ma’qullashi kutilmoqda.
Berlin kerak bo‘lsa, yaqin yillarda Kiyevga yana 8,8 milliard yevro yuborishni rejalashtirmoqda, deyiladi manbalar.