Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Germaniya Hindiston bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

 Germaniya Hindiston bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

Germaniya Hindiston bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirib, uning Rossiyaga bog‘liqligini kamaytirmoqchi — Germaniya kansleri.

Fridrix Mers bu haqda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Mersning Hindistonga birinchi tashrifi chog‘ida Berlin va Nyu-Dehli ushbu masalaga doir anglashuv memorandumini imzoladi. Bundan tashqari, muzokaralarda muhim minerallar, sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik va sun’iy intellekt innovasiyalari markazi bo‘yicha ham bitimlar tuzildi.

"Germaniya va Hindiston birgalikda xavfsiz, ishonchli va bardoshli ta’minot zanjirlarini yaratishga intilmoqda. Bugun imzolangan memorandumlardagi kelishuvlar hamkorlikka yangi turtki va kuch beradi", — dedi Modi qo‘shma matbuot anjumanida.

"Hozirda Hindiston Rossiyadan harbiy texnika sotib oladi va Rossiya gaz hamda neftining asosiy xaridorlaridan biri hisoblanadi. Germaniya Hindiston hukumatidan hind kompaniyalarining Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslikni va energiya resurslari importini kamaytirishni talab qilmoqda, ammo hozircha Hindiston bu talabni qabul qilgani yo‘q", deyiladi Reuters maqolasida.

Kiritildi: Bugun 19:05. O'qildi: 222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!