Manching havo bazasi atrofida bir kechaning o‘zida kamida 10 ta noma’lum dron kuzatilgani qayd etildi. Hokimiyat organlari bu faoliyat Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin deb taxmin qilmoqda.
Dushanba kuni Germaniyaning janubiy Bavariya shtati ma’murlari yaqinda havo bazasi ustida 10 tagacha sirli dron kuzatilganini tasdiqladi.
Tergovchilar dronlar parvozi ortida josuslik maqsadi bo‘lishi mumkinligini inkor etishmadi va buni Rossiyaning Ukrainaga bosqini bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimolini ko‘rib chiqishmoqda.
Bavariya davlat jinoiy polisiya boshqarmasi (LKA) xodimlari yakshanba kuni kechqurun Ingolshtadt shahri yaqinidagi Manching havo bazasi ustida kamida o‘nta dron uchayotganini aniqlaganlarini ma’lum qildi.
O‘xshash hodisalar
Shunga o‘xshash voqealar dekabr oyida Manchingda va yaqin atrofdagi Neuburg an der Donayu shahrida ham qayd etilgan edi. LKA dron operatorlari harbiy ob’ektlarni suratga olishga urinayotgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblayapti.
Dushanba kuni keyinroq Myunxen Bosh prokuraturasi tergovni o‘z zimmasiga olishi e’lon qilindi.
Manching nemis armiyasi uchun buyurtma qilingan yangi samolyotlarning uchish qobiliyatini sinash uchun ishlatiladi.
Dekabr oyida ham AQShning Germaniyadagi Ramshteyn aviabazasi ustida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan dronlar kuzatilgan edi.