Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Iogan Vadeful Ramallohda Falastin bosh vaziri Muhammad Mustafo bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
Mablag‘lar, jumladan, oziq-ovqat yordami, suv ta’minoti, sog‘liqni saqlash va vaqtinchalik uy-joy qurilishiga sarflanadi. Germaniya shu tariqa Falastin hududidagi eng yirik donorlardan biriga aylanadi – 2023 yil oktyabridan boshlab ko‘rsatilgan gumanitar yordamning umumiy miqdori 333 million yevroni tashkil qiladi.
Asosiy e’tibor oziq-ovqat yordami, birlamchi tibbiy yordam va psixologik-ijtimoiy yordamga qaratilgan.