Germaniya Ukrainani Patriot raketaga qarshi mudofaa tizimlari bilan ta’minlashda Qo‘shma Shtatlarga ergashishga prinsipial jihatdan e’tiroz bildirmaydi.
Biroq Germaniyada hozirda Kiyevga yuborish uchun mavjud tizim yo‘q, deb xabar berdi Germaniya vazirlar mahkamasi matbuot kotibi Shteffen Xebeshtrayt.
Uning eslatishicha, avvalroq Germaniya o‘zining NATO bo‘yicha ittifoqchisi havo hududini himoya qilish uchun Polsha sharqida uchta Patriot raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirishga rozi bo‘lgan.