Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda
Tramp ma’muriyati Berlin so‘ragan 173 ta SM-6 Block I va 577 ta SM-2 Block IIIC raketalarini sotishni dastlabki tarzda ma’qulladi, deb yozadi agentlik.
Qo‘shma Shtatlarning Mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik agentligi (DSCA) bayonotiga ko‘ra, bu raketalar Germaniyaga “joriy va kelajakdagi tahdidlarga javob berishda” yordam beradi hamda AYEgis raketaga qarshi mudofaa tizimiga ega F127 fregatlarida ham qo‘llanadi.
Raketalarni xarid qilish Germaniya Qurolli kuchlarining AQSh va NATO ittifoqchilari armiyalari bilan muvofiqlashuvini ham osonlashtiradi, deya qo‘shimcha qildi DSCA.
"Germaniya hukumati ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomaning yakuniy shartlarini kelishib olishi kerak. Shu bilan birga, ushbu savdoni AQSh Kongressi to‘sib qo‘yishi ham mumkin", deyiladi Bloomberg xabarida.