Myunxen prokuraturasi rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni buzish gumoni bilan olib borilgan tergov harakatlarini to‘xtatdi, deb xabar berdi “RBK” nashriga Usmonovning vakillari.
"Qaror Germaniya Jinoyat-prosessual kodeksining 153a-paragrafiga muvofiq qabul qilingan. Shuningdek, Usmonov xayriya maqsadlari uchun ixtiyoriy badal to‘lashga qaror qilgan. Shu bilan birga, xuddi shu gumonlar bo‘yicha tergovni qayta tiklash istisno qilinadi, Alisher Usmonovga nisbatan aybsizlik prezumpsiyasi saqlanib qoladi", – dedi milliarderning advokati.
Bu Germaniyada Usmonovga nisbatan to‘xtatilgan birinchi tergov emas. 2024 yil noyabr oyida Frankfurt-Mayn bosh prokuraturasi pul mablag‘larini yuvish bilan bog‘liq Usmonovga nisbatan boshqa bir tergovni to‘xtatgan edi.
Spiegel nashri Usmonov 555 million yevro miqdorida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani haqida yozgandi. Ishbilarmonning vakili esa Usmonov 2014 yildan beri Rossiyada soliq to‘lovchi ekani va qo‘shaloq soliq solishning oldini olish to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq, u Germaniyada daromad solig‘ini to‘lashga majbur emasligini bildirgandi.