Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Germaniya aholisi Rossiyaning hujumidan kamroq xavotirda — so‘rovnoma

Germaniya aholisi Rossiyaning hujumidan kamroq xavotirda — so‘rovnoma

Hozirda Germaniya fuqarolarining atigi 38 foizi Rossiyaning mamlakatga harbiy hujum qilish ehtimolidan xavotirda. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning sentyabr oyiga nisbatan 14 foiz bandga pasaygan.

Insa sosiologik instituti tomonidan Bild gazetasi buyurtmasi asosida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 50 foizi bunday xavfdan qo‘rqmasligini bildirgan (sentyabrga nisbatan 12 foiz bandga ko‘p).

Shu bilan birga, respondentlarning atigi 17 foizi mamlakatga hujum bo‘lgan taqdirda Bundesver (Germaniya qurolli kuchlari) uni himoya qila olishiga ishonadi. 72 foiz ishtirokchi esa aksincha fikrda. Qo‘shma Shtatlarning yordamiga kelsak, 35 foiz so‘rovda qatnashganlar AQSh ko‘magiga umid qilsa, 43 foizi okean ortidan yordam kutmayapti. Bundan tashqari, nemislarning 66 foizi ehtimoliy kiberhujumlardan xavotirda.

So‘rovnoma 21—22 may kunlari 1005 nafar Germaniya fuqarosi o‘rtasida o‘tkazildi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 08:27. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!