Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Georgiy Kandelaki soliq siyosati bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi

Georgiy Kandelaki soliq siyosati bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi

O‘zbekistonda Xalqaro valyuta jamg‘armasi mutaxassisi Georgiy Kandelaki soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

U komplayens-xavflarlarni boshqarish metodologiyalarini ishlab chiqish, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligi tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega hamda bulutli texnologiyalar bo‘yicha sertifikatlangan ekspert hisoblanadi.

Georgiy Kandelakining Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirishning istiqbolli masalalari va uni Xalqaro tajribani hisobga olgan holda rivojlantirish tendensiyalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun. 2019 yildan 2024 yilning may oyiga qadar Modestas Kaseliauskas Soliq qo‘mitasida XVJ maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Kiritildi: 10:08 09.09.2024. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!