BMT agentligi ta’kidlashicha, "chaqaloqlarning sovuqdan o‘limi haqidagi xabarlar dahshatli va zamonamizda bunday hodisalar sodir bo‘lmasligi kerak".
YUNISEF va hamkorlar bolalarni sovuqdan himoya qilish uchun qishki kiyimlarni tarqatayotgani, ammo Falastin anklavidagi ehtiyojlar "juda katta" ekanligi aytilgan.
"Hozir bolalarga eng zarur narsa — barqaror o‘t ochishni to‘xtatish va yordamni to‘siqsiz yetkazib berishni davom ettirishdir", deya ta’kidlangan.