Eron Falastinning G‘azo sektorini qayta tiklash bo‘yicha mintaqa davlatlari ishtirokida qo‘shma platforma yaratishni taklif qildi.
Bu tashabbusni Eron oliy rahbarining maslahatchisi, tashqi aloqalar bo‘yicha strategik kengash rahbari Kamol Xarroziy Arab-Eron muloqotining 4-konferensiyasi ochilishida ilgari surgan.
"Biz ichki ko‘chirilganlarni qo‘llab-quvvatlash va G‘azo sektorini qayta tiklash uchun umumiy platforma yaratishimiz kerak", — dedi u.
Xarroziy Eron tushunmovchiliklarni kamaytirish uchun mintaqa davlatlari bilan muloqotga ochiq ekanligini va shu doirada qo‘shma tadqiqot markazi tashkil etishni taklif qilishini qo‘shimcha qildi.