Isroilning G‘azoda so‘nggi 48 soat ichida uyushtirgan hujumlarida 32 falastinlik halok bo‘ldi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 48 soat ichida Isroilning G‘azo bo‘ylab amalga oshirgan hujumlarida kamida 32 nafar falastinlik halok bo‘ldi va 193 nafari yaralandi.
G‘azo fuqaro mudofaasi vakili "Al-Jazira Arabic"ga Isroilning maqsadi o‘zining vayronkor urushini davom ettirayotganda iloji boricha ko‘proq tinch aholi va tibbiyot xodimlarini o‘ldirish ekanligini aytdi.
Isroil ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, bosib olingan G‘arbiy Qirg‘oqning shimoliy qismida harbiy kuchlarni kuchaytirish uchun Isroil qurolli kuchlarining uchta piyoda bataloni yuboriladi. Ushbu joylashtirish hukumatning o‘ta o‘ng qanotdagi a’zolari tomonidan Falastin hududini qo‘shib olish chaqiriqlari ortidan amalga oshirilmoqda.
Isroilning G‘azodagi genosidi natijasida 2023-yil 7-oktyabrdan beri kamida 46 537 falastinlik halok bo‘ldi va 109 571 nafari jarohat oldi.