AQSh prezidenti Isroil bosh vazirining “G‘azoda ocharchilik yo‘q” degan bayonotiga qo‘shilmasligini bildirdi.
"Biz G‘azoga yordam sifatida katta mablag‘ va oziq-ovqat yuboryapmiz. Boshqa davlatlar ham qo‘shilyapti. Masalan, Buyuk Britaniya ham faol ishtirok etyapti", — dedi Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashuvda.
Kir Starmer esa G‘azoda “gumanitar inqiroz” mavjudligini va bu “mutlaq falokat” ekanini ta’kidladi.