Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘azoda yana qon to‘kildi: 1 soatda 30 hujum, 70 kishi o‘ldirildi, majburiy ko‘chirish boshlandi

G‘azoda yana qon to‘kildi: 1 soatda 30 hujum, 70 kishi o‘ldirildi, majburiy ko‘chirish boshlandi

Isroil armiyasi G‘azoning Xon Yunus shahrini majburiy ko‘chirish buyrug‘ini chiqardi.

Jinoyatchi Isroil bir soat ichida G‘azoning janubiy qismiga kamida 30 ta havo hujumini amalga oshirdi, natijada tongdan beri urush vayron qilgan anklavda kamida 70 nafar falastinlik halok bo‘ldi.

Isroil harbiy kuchlari G‘azoning ikkinchi yirik shahri Xon Yunusni majburiy ko‘chirish to‘g‘risidagi buyruqni e’lon qildi, chunki ularning hujumi kuchayib bormoqda.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu idorasi G‘azoga cheklangan miqdorda gumanitar yordamning kiritilishiga ruxsat berishini ma’lum qildi, biroq bu ta’minotning anklavga qachon yetib borishi hali noma’lum.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Isroilning G‘azoga qarshi urushi natijasida kamida 53 339 falastinlik halok bo‘ldi va 121 034 kishi jarohat oldi.

Hukumat matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar halok bo‘lgan deb taxmin qilinayotgani sababli, umumiy qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 21:12 19.05.2025. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!