Isroilning Bayt-Lahiyaga hujumi qurbonlari bo‘lgan 9 kishidan sakkiztasi gumanitar yordam xodimlari edi.
Shanba kuni G‘azo shimolidagi Bayt-Lahiya shahrida Isroil uchuvchisiz uchog‘i hujumi natijasida kamida to‘qqiz kishi, jumladan, uch nafar fotomuxbir halok bo‘ldi.
Al-Xayr jamg‘armasi bosh direktori Shuayb Yusuf ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning sakkiz nafari gumanitar yordam xodimlari bo‘lgan.
"Chuqur qayg‘u va afsus bilan G‘azoda jamoamizning sakkiz nafar fidoyi gumanitar yordam xodimi vafot etganini ma’lum qilamiz. Ular kelishilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga zid ravishda uchuvchisiz uchog‘ hujumida o‘ldirildi," - dedi Yusuf.
Al-Xayr jamg‘armasi Buyuk Britaniyada joylashgan xalqaro gumanitar yordam tashkilotidir.