Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 204 nafarga yetdi

G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 204 nafarga yetdi

Al-Jazeera: Avvalroq jurnalist Muhammad at-Talmas kecha Isroilning G‘azo shahriga uyushtirgan bombardimonida olgan jarohatlari tufayli halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

G‘azo hukumati OAV idorasi Isroilni qotillikda ayblab, uning o‘limi G‘azoda 2023 yil 7 oktyabrdan beri o‘ldirilgan jurnalistlar sonini 204 nafarga yetkazganini aytdi.

Unda aytilishicha, al-Talmas Safa axborot agentligi xodimi bo‘lib, G‘azo shahrining Shayx Radvon mahallasida Isroil havo hujumi paytida halok bo‘lgan.

"Biz Xalqaro Jurnalistlar Federasiyasi, Arab Jurnalistlari Federasiyasi va dunyoning barcha mamlakatlaridagi barcha jurnalistik organlarni G‘azo sektoridagi falastinlik jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlariga qarshi ushbu tizimli jinoyatlarni qoralashga chaqiramiz," - deyiladi Telegramda e’lon qilingan bayonotda.

Kiritildi: 23:12 14.01.2025. O'qildi: 404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!