Isroil davlat televideniyesining KAN xabariga ko‘ra, Isroil Mudofaa vazirligining reabilitatsiya bo‘limi ma’lumotlariga asoslanib, 78 ming yaralangan askarning yarmi ruhiy jarohatdan aziyat chekmoqda.
Vazirlikning yozma bayonotida, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon 16 ming nafar harbiy xizmatchining shifoxonalarda davolanganligi qayd etildi.
Mudofaa vazirligi e’lon qilgan raqamlar bilan Isroil armiyasi tomonidan e’lon qilingan raqamlar o‘rtasida jiddiy farq bor.
Isroil armiyasi 2023 yil 7 oktyabr voqealaridan beri G‘azo sektorida atigi 5741 nafar askar yaralanganini da‘vo qilmoqda.