Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

G‘azoda Isroil hujumi oqibatida 8 nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumi oqibatida 8 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan G‘aza shahrining Tel al-Xava mahallasidagi turar-joy binosiga qilingan aviahujum natijasida 8 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda WAFA axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida bir bola va homilador ayol ham bor. Ilk xabarlarda 7 kishining o‘limi haqida aytilgan, biroz vaqt o‘tib yana bir kishi vafot etgani ma’lum bo‘lib, qurbonlar soni sakkiz nafarga yetdi. Hujum natijasida o‘nlab fuqarolar tan jarohati olgan.

Kiritildi: 17:13 23.07.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!