Bugun 14 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

G‘azoda har hafta 13 nafar jurnalist o‘ldirilmoqda

G‘azoda har hafta 13 nafar jurnalist o‘ldirilmoqda

Al-Jazeera: G‘azo, afsuski, jurnalistlar uchun eng xavfli joyga aylandi. So‘nggi 15 oy ichida 200 dan ortiq jurnalist halok bo‘lganini ko‘rdik.

Bu Isroil armiyasi tomonidan har hafta o‘rtacha 13 nafar jurnalistning qasddan o‘ldirilishi deganidir.

Isroilning hozirgacha o‘ldirgan odamlari orasida tez yordam xodimlari, jurnalistlar va nogironlar bor. Isroilning G‘azo aholisiga qaratilgan qasddan hujumlarining aksariyatini ayollar va bolalar tashkil etishi taajjublanarli emas.

Xon Yunusdagi jamoat oshxonasida yetti kishi, jumladan uch bola halok bo‘ldi.

Bu achchiq haqiqat. Ular oziq-ovqat, suv yoki yordam uchun navbatda turganida hujumga uchrab, halok bo‘lmoqda. Hatto ko‘chada yurganlarida ham qurbon bo‘lishmoqda.

Tong otgandan beri 40 dan ortiq odam halok bo‘lgani haqida xabarlar kelmoqda.

Kiritildi: 22:09 07.04.2025. O'qildi: 740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!