G‘azoda HAMASning yuqori martabali rahbari, tashkilotdagi “ikkinchi raqamli shaxs” Raed Saad yo‘q qilindi — Isroil Mudofaa kuchlari.
Bayonotga ko‘ra, 13 dekabr kuni Isroil kuchlari HAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahbari, 7 oktyabrda Isroilga hujumning asosiy rejalashtiruvchilaridan biri bo‘lgan Raed Saadga zarba bergan.
Isroil Mudofaa kuchlariga (SAXAL) ko‘ra, u guruhning harbiy salohiyatini oshirishda markaziy rol o‘ynagan va urush davomida uning imkoniyatlarini qayta tiklash uchun mas’ul bo‘lgan.
SAXAL va SHABAK (Isroil maxsus xizmati) ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda HAMAS qurolli faoliyatni qayta tiklashga uringan, jumladan Isroil harbiylariga qarshi qo‘lbola portlovchi moslamalardan foydalangan. Bu esa o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlar shartlarini buzgan. Ushbu jarayonlarga aynan Raed Saad rahbarlik qilgan.