Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida 7 oktyabrdan beri 60 jurnalist halok bo‘ldi.
Bu haqda Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot bo‘limi xabar berdi.
Halok bo‘lgan jurnalistlar orasida 4 nafari ayol bo‘lgan.
Bayonotda, halok bo‘lgan ommaviy axborot vositalarining ba’zilari bevosita Isroil armiyasi raketalari bilan hujumga uchragani, ba’zilari esa uylari havo hujumlarida vayron bo‘lgach, oilalari bilan birga halok bo‘lganligi bildirildi.