Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

G‘azoda 345 ming nafar aholi ochlikdan aziyat chekmoqda

G‘azoda 345 ming nafar aholi ochlikdan aziyat chekmoqda

G‘azodagi ijtimoiy vaziyat tobora fojiali tusga kirmoqda. Mintaqa aholisining qariyb 90 foizi bombardimonlar va shiddatli janglardan qochish uchun bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishga majbur bo‘lgan.

Havo hujumlari oqibatida vayron qilingan infratuzilma tufayli ular boshpana va oziq-ovqat yetishmovchiligiga duch kelishmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektorida 345 ming kishi oziq-ovqat ta’minoti va ochlikdan qiynalmoqda.

Sektorga insonparvarlik yordami doirasida kirib kelayotgan mahsulotlar aholining asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli bo‘lmayapti. Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) ma’lumotlariga ko‘ra, zarur bo‘lgan oziq-ovqatning faqat uchdan bir qismi mintaqaga yetib boradi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda G‘azo sektorida 25 kilogrammli bug‘doy unining bir qopi 150 AQSh dollariga baholanmoqda.

Kiritildi: 18:42 07.01.2025. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!