Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘azoda 24 soat ichida kamida 71 falastinlik halok bo‘ldi

A A A
G‘azoda 24 soat ichida kamida 71 falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azodagi hujumlari natijasida 24 soat ichida kamida 71 falastinlik halok bo‘ldi.

Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali xabar berdi.

Livanning Al Mayadeen nashri xabariga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektorining markaziy qismida joylashgan Nusayrat qochqinlar lageriga zarba berishi natijasida kamida 33 kishi halok bo‘lgan, 84 kishi bedarak yo‘qolgan.

2023 yil 7 oktyabrda G‘azo sektoridan Isroil hududiga Falastinning XAMAS harakati tarafdorlari kirib kelganidan so‘ng Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi, bu chegaradagi aholi punktlari aholisining o‘ldirilishi va asirlarning garovga olinishi bilan kechdi. Isroil G‘azoni to‘liq blokadaga olganini e’lon qildi va unga qarshi javob qaytara boshladi, shundan so‘ng Falastin anklavida quruqlikdan operasiya boshladi.

G‘azo sektoridagi janglar shu kungacha davom etmoqda.

Kiritildi: 08:29 13.12.2024. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!