Xususiy harbiy pudratchi Blackwater kompaniyasi asoschisi Erik Prins Pentagon uning isroilga G‘azoni dengiz suvi bilan to‘ldirish rejasini to‘sib qo‘yganini da’vo qilmoqda.
«Men isroilliklarga G‘azoni dengiz suvi bilan to‘ldirish, 300 milya tunnellarni suv bostirish uchun to‘liq mablag‘, bepul imkoniyat berdim», dedi u Heritage Foundation siyosat forumidagi chiqishida, Middle East Eye xabariga ko‘ra.
Ekologik tahlilchilarning ogohlantirishicha, tunnellarni suv bosishi yer osti suvlariga zarar yetkazishi va qamalda qolgan hududdagi 2,3 million kishining yashash sharoitini yanada yomonlashtirishi mumkin.