G‘azo sektorida Isroil kuchlarining blokadadagi Falastin anklavining turli hududlariga uyushtirgan hujumlari va bombardimonlari natijasida bir kunda 50 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi.
«So‘nggi 24 soat ichida 55 kishi Isroil armiyasining tajovuzi qurboni bo‘ldi, 186 kishi jarohat oldi», — deyiladi xabarda.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, «Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyoti boshlanganidan beri qurbonlar soni 43 259 kishiga yetdi va 101 827 falastinlik jarohat oldi».