G‘azo sektori shimolidagi aholi o‘qqa tutilishi natijasida vayron bo‘lgan uylar vayronalari ostida halok bo‘lmoqda, chunki qutqaruv guruhlari ularga o‘z vaqtida yetib bora olmayapti. Bu haqda G‘azo sektori fuqarolik mudofaasi boshqarmasi boshlig‘i Mahmud Basal ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi qattiq qamalni qo‘llashda davom etmoqda va eksklavning shimoliy hududlarini kuchli o‘qqa tutmoqda.
G‘azo sektoridagi fuqarolik mudofaa xizmatlari Isroil hujumlari tufayli tegishli xizmatlarni taqdim eta olmayapti, vayronalar ostidan jasadlarni olib chiqish juda qiyin, dedi u.
5 oktyabr kuni Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azoning shimoliy hududlariga, asosan, Jebaliya qochqinlar lageriga intensiv zarbalar berishni boshladi. Ertasi kuni eksklav shimolida quruqlikdan hujum boshlandi.
Isroil bu hududlarga insonparvarlik yordamining kirib kelishiga to‘sqinlik qilmoqda, ocharchilik, toza suv etishmasligi va epidemiyalar hujumlar bilan birga falastinliklar uchun qo‘shimcha qiyinchiliklarga aylanadi.