Ilgari tashkilotning axborot bo‘limini boshqargan Ali al-Amudiy XAMASning G‘azo sektoridagi yangi rahbari etib tayinlandi.
Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.
Bundan tashqari, harakat G‘arbiy Sohildagi rahbari Zaher Jabareenni tayinladi.
XAMAS ilgari Xalil al-Heyining harakat siyosiy byurosi rahbari etib saylanganini e’lon qilgan edi. Ushbu tayinlovdan oldin u Falastin anklavidagi radikallarga rahbarlik qilgan.
XAMAS rahbariyati lavozimi 2024 yil oktyabr oyida Yahyo Sinvarning o‘ldirilishidan beri bo‘sh qoldi, o‘shanda Isroil kuchlari G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahridagi turar-joy binosiga hujum qilgan edi. Sinvar 2024 yil iyul oyida Tehrondagi qarorgohida Isroil tomonidan o‘tkazilgan operasiyada halok bo‘lgan Ismoil Haniyaning o‘rnini egalladi.