Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha aloqa guruhi Nyu-Yorkda muzokaralar o‘tkazdi

A A A
G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha aloqa guruhi Nyu-Yorkda muzokaralar o‘tkazdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan ham ishtirok etgan G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha aloqa guruhi Nyu-Yorkka tashrif buyurdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Tashrif chog‘ida guruh a’zolari Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashib, Isroil va Falastin o‘rtasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, muammoni hal qilish uchun qilinishi kerak bo‘lgan qadamlar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 11 noyabr kuni tuzilgan aloqa guruhi tarkibiga Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr, Indoneziya, Nigeriya, Iordaniya va Falastin tashqi ishlar vazirlari hamda Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi kiritilgan.

Kiritildi: 09:54 30.11.2023. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!