Tramp va Netanyahu G‘azo sektoridagi urushni ikki hafta ichida to‘xtatish rejasini kelishib oldi.
Bu haqida Israel Hayom xabar berdi.
Nashr xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning Eron yadro ob’ektlariga zarbalaridan so‘ng AQSh va Isroil yetakchilari suhbat o‘tkazib, quyidagilar bo‘yicha kelishuvga erishgan:
– G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar ikki hafta ichida to‘xtatiladi. Anklavni 4 ta arab davlati, jumladan Birlashgan Arab Amirliklari va Misr birgalikda boshqaradi;
– HAMAS harakati rahbariyati G‘azo hududidan chiqarib yuboriladi va barcha garovga olingan isroilliklar ozod qilinadi;
— Bir necha nomi oshkor qilinmagan davlatlar G‘azo sektoridan chiqib ketmoqchi bo‘lgan falastinliklarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi;
– Suriya va Saudiya Arabistoni tinchlik bo‘yicha “Ibrohim kelishuvlari”ga (“Avraam kelishuvlari”) qo‘shiladi;
– Isroil Falastin bilan mojaroni “ikki xalq - ikki davlat” konsepsiyasiga asoslanib hal qilishga va’da beradi, lekin bu Falastin ma’muriyatida jiddiy islohotlar o‘tkazish sharti bilan bo‘ladi;
– AQSh Falastinning Yahudiya va Samariya hududlaridagi (G‘arbiy Sohil) ayrim yahudiy aholi punktlari ustidan Isroil suverenitetini qisman tan oladi.