Bugun 27 may, 2025 yil, seshanba

КИР

G‘azo sektoridagi Al-Shifa kasalxonasi rahbariyati vaziyatni BMT bilan muhokama qilmoqda

A A A
G‘azo sektoridagi Al-Shifa kasalxonasi rahbariyati vaziyatni BMT bilan muhokama qilmoqda

Al-Shifa shifoxonasi rahbariyati BMT vakillari bilan G‘azo sektoridagi tibbiyot majmuasida qolgan bemorlar bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilmoqda. Bu haqda Al-Shifa kasalxonasi direktori Muhammad Ebu Silmiye ma’lum qildi.

Direktorning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonani evakuasiya qilish Isroil armiyasi bemorlar, yaradorlar, ko‘chirilganlar va tibbiyot xodimlariga majmuani tark etishiga roppa-rosa bir soat vaqt berganidan keyin boshlangan.

“Kasalxonada 5 nafar tibbiyot xodimi, oyog‘idan jarohat olgan yoki jarrohlik amaliyoti tufayli harakatlana olmagan 120 ga yaqin bemor, shuningdek, 30 nafar erta tug‘ilgan chaqaloq qolmoqda. Ularni tashish uchun BMT va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vakillari bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda”, — dedi Ebu Silmiye.

Uning qayd etishicha, bir haftadan ko‘proq vaqt davomida suv o‘chirilgani, bolalar ma’lum muddat kislorodsiz qolayotgani bois, shifoxonadagi hozirgi vaziyat juda og‘ir.

“Isroil armiyasi kislorod stansiyalarini, suv ta’minoti va dori-darmonlarni saqlashni yaroqsiz holga keltirdi. Kasalxonada yashashga yaroqli joy yo‘q, ovqat ham yo‘q”, — dedi direktor.

Avvalroq, 15 noyabr kuni Isroil armiyasi mintaqadagi eng yirik tibbiyot muassasasi bo‘lgan, minglab bemorlar va ko‘chirilgan tinch aholi davolanayotgan Al-Shifa kasalxonasiga reyd uyushtirgan edi.

Kiritildi: 11:57 19.11.2023. O'qildi: 856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!