G‘azo sektori janubida qo‘lbola portlovchi qurilmaning ishga tushirilishi oqibatida ikki Isroil askari yaralandi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi ma’lum qildi.
"G‘azo sektori janubidagi terrorchilar infratuzilmasini tozalash bo‘yicha operasiya chog‘ida ishga tushirilgan qo‘lbola portlovchi qurilmaning portlashi natijasida ikki nafar harbiy yengil jarohat oldi", — deyiladi xabarda.
Askarlar tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kasalxonaga evakuasiya qilindi.