Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 417 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Shayx Radvan hududi, Bayt Lahia, Xon Yunis, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qilishdi. Urush boshlanganidan buyon 44235 kishi shahid bo‘ldi, 104638 kishi yaralandi.
▪️G‘azo hukumati: ikki kun ichida ko‘chirilgan odamlar joylashgan 10 000 chodirni dengiz suvi yuvib ketdi.
▪️G‘azoda urush boshlanganidan beri bosqinchilar 435 nafar falastinlik ayolni hibsga oldi.
▪️Al-Qassam brigadalari bosqinchilarning Nitsarim o‘qi bo‘yicha qo‘mondonlik-nazorat punktiga hujum qildi. Bayt-Laxiyada "Merkava" tanki yo‘q qilindi. G‘azo g‘arbida 10 bosqinchilardan iborat otryadga hujum qilindi.
▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Jenin, Nablus va Qalkiliyaga hujum qiladi. Nasistlar Ramallohdagi Birzeyt universitetiga bostirib kirib, talabalarni hibsga oldi.
▪️Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: 24 soat ichida Isroil bombardimonida 31 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 3768 kishi halok bo‘ldi.
▪️"Hizbulloh" Isroilga qarshi 21 ta harbiy amaliyot o‘tkazdi. Akkadagi Sharaga bazasi va Golandagi Raviya bazasi hujumga uchradi va Xiyom, Meron va Shomerdagi bosqinchilar guruhiga hujum qilindi. Nahariyaga raketalar uchirildi.
▪️Suriya shimoli-sharqidagi AQSh harbiy bazasi hujumga uchradi. Bazaga 5 ta raketa uchirildi.