Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

G‘azo aholisi urush boshlanganidan beri 6 foizga kamaydi

G‘azo aholisi urush boshlanganidan beri 6 foizga kamaydi

Falastin Markaziy statistika byurosi (CSBP) ma’lumotlariga ko‘ra, 15 oy oldin Isroil bilan boshlangan urush oqibatida G‘azo aholisi 6 foizga kamaydi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Qayd qilinishicha, anklavdan 100 mingga yaqin falastinlik qochgan va 55 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri 45,5 ming falastinlik halok bo‘lgan, ularning yarmidan ko‘pi ayollar va bolalar. 11 ming nafar falastinlik bedarak yo‘qolgan.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi CSBP ma’lumotlarini «Isroilni qoralash maqsadida uydirilgan, shishirilgan va manipulyasiya qilingan» dedi.

CSBP ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo aholisining qariyb 22 foizi oziq-ovqat yetishmovchiligining halokatli darajasiga duch kelmoqda.

Byuro ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu 22 foizdan 3,5 mingga yaqin bolalar to‘yib ovqatlanmaslik tufayli o‘lim xavfi ostida.

Kiritildi: 18:53 13.01.2025. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!