O‘zbekistonda gazlashtirilmagan hududlardagi hovlilar va tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p xonadonli uylar uchun elektr energiyasiga imtiyozli tariflarni joriy etish bo‘yicha hisob-kitoblarga asoslangan takliflar ishlab chiqildi.
Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, energiya iste’moli madaniyatini oshirish va elektrlashtirish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan, isitish tizimi to‘liq elektrlashtirilgan hamda gaz tarmoqlariga ulanmagan xonadonlarga oylik iste’mol hajmi asosida:
Takliflar idoralararo kelishuvdan o‘tgan bo‘lib, hozirda mavjud elektr tarmoqlarining qo‘shimcha yuklama qabul qilish imkoniyatlari bo‘yicha texnik audit olib borilmoqda. Energetika vazirligi, IMV, O‘zenergoinspeksiya, HET AJ va HGT AJ tomonidan qo‘shimcha o‘rganishlar ham davom etmoqda.
Energetika vazirining ta’kidlashicha, mexanizm aniq xulosa va audit natijalariga ko‘ra kelgusi yildan amaliyotga joriy etilishi mumkin. Jamoatchilikka esa jarayonga xolisona yondashish va rasmiy ma’lumotlarga tayanish tavsiya etilmoqda.