Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

G‘azg‘on shahar hokimligida 500 mln so‘mdan ortiq tender savdolarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi

G‘azg‘on shahar hokimligida 500 mln so‘mdan ortiq tender savdolarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi

Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan G‘azg‘on shahar hokimligida 2024 yil davomida o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolarining O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Jumladan, G‘azg‘on shahar hokimligi tomonidan joriy yil davomida G‘azg‘on shahar markaziy ko‘chalariga kameralar o‘rnatish uchun zarur tovarlar olib berish, shuningdek, “Yoshlar daftarida”gi yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun maishiy texnika va tikuv mashinalari xarid qilish maqsadida 4 ta savdolar bo‘yicha boshlang‘ich narxi 514,0 mln so‘mlik tovar, ish va xizmatlarni bajarish bo‘yicha e’lonlar joylashtirilgan.

O‘rganishlar davomida, mazkur amalga oshirilgan davlat xaridlarining barchasida xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning taklif hujjatlari baholash mezonlari bo‘yicha to‘g‘ri baholanmaganligi aniqlandi.

Hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganligi alomatlari yuzasidan buyurtmachi tashkilotga belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi. Shuningdek, mas’ullarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborildi.

Kiritildi: 12:22 20.09.2024. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!